Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

“Yil talabasi-2023” Respublika tanlovining Samarqand davlat tibbiyot universitet bosqichi g’oliblari

  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 3-noyabrdagi “Yil talabasi” tanlovini yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 489-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil talabasi” tanlovining Nizomi” talablari asosida hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining 2023-yil 2-noyabrdagi “Samrqand davlat tibbiyot universitetida “Yil talabasi” tanlovini yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 516-AF-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida “Yil talabasi” Respublika tanlovining Samarqand davlat tibbiyot universiteti bosqichi oʻtkazildi. 

“Yil talabasi-2023” Respublika tanlovining Samarqand davlat tibbiyot universiteti bosqichida quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi:

  “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrin – 1-son Davolash ishi fakulteti 4-bosqich talabasi Tursunova Dilnura Akram qizi;

2-oʻrin – Tibbiy pedagogika, xalq tabobati va oliy hamshiralik ishi fakulteti 5-bosqich talabasi Mahmudjonova Sitorabonu Rustamovna;

3-oʻrin – Pediatriya ishi fakulteti 4-bosqich talabasi Xamdamov Botirjon Nusratillo oʻgʻli.

  “Yilning eng faol targʻibotchi talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrin – 2-son Davolash ishi fakulteti 6-bosqich talabasi Mirzoyev Rajabali Ilxomovich;

2-oʻrin – Farmatsiya fakulteti 2-bosqich talabasi Karimova Asalxon Ramazonxon qizi;

3-oʻrin – 1-son Davolash ishi fakulteti 5-bosqich talabasi Azimova Aziza Azimovna.

  “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrin – 1-son Davolash ishi fakulteti 4-bosqich talabasi Yaxshiyev Bobosher Toʻlqin oʻgʻli;

2-oʻrin – 1-son Davolash ishi fakulteti 3-bosqich talabasi Ashirov Farruxbek Azamat oʻgʻli.

  “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrin – Pediatriya ishi fakulteti 2-bosqich talabasi Shermamedova Qohira Texronovna;

2-oʻrin – Tibbiy pedagogika, xalq tabobati va oliy hamshiralik ishi fakulteti 5-bosqich talabasi Rustamov Timur Rashidovich;

3-oʻrin – Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti 5-bosqich talabasi Hasanov Bahrom Abdulbakir oʻgʻli.

“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrin – Stomatologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Aliqulov Ogʻabek Akmal oʻgʻli;

2-oʻrin – Pediatriya ishi fakulteti 2-bosqich talabasi Farmonova Ruxshona Farruxovna.

  “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrin – Tibbiy pedagogika, xalq tabobati va oliy hamshiralik ishi fakulteti 5-bosqich talabasi Mallaxodjayev Anvarxon Adibxonovich;

2-oʻrin – 2-son Davolash ishi fakulteti 4-bosqich talabasi Joʻraboyev Madadbek Muxtor oʻgʻli;

3-oʻrin – Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti 5-bosqich talabasi Saydaliyeva Mohira Zayniddin qizi.

  “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

1-oʻrin – Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Umirzaqova Iroda Toʻlqin qizi.

  Nominatsiyalar boʻyicha 1, 2 va 3-oʻrinni egallagan gʻolib va sovrindorlar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi va 1-oʻrin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari, 2-oʻrin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari, va 3-oʻrin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi. Moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar oliy taʼlim muassasasi byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

  Yil talabasi” tanlovining Nizomiga muvofiq har bir nominatsiya boʻyicha universitet bosqichida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan gʻoliblarning hujjatlar yigʻma jildlari belgilangan tartibda tanlovning Respublika bosqichi Hakamlar hayʼatiga taqdim etildi.

  Talabalarimizga Respublika bosqichida zafarlar tilab qolamiz!