Samarqand davlat tibbiyot universitetida Respublikamiz qatori jahonning bir qator mamlakatlari vakillari ham tahsil olib kelmoqda. Samarqand davlat tibbiyot universitetining Xalqaro taʼlim fakulteti xorijlik talabalarning nafaqat sifatli taʼlim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, balki, ularning jamiyatimizdagi hayot tarziga tezroq koʻnikishlari, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari uchun ham imkoniyat yaratishni ustuvor vazifa sifatida belgilab, tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan, joriy yilning 21-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining Xalqaro taʼlim fakulteti dekani hamda universitet maʼmuriyati vakillari fakultet talabalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda SamDTU Xalqaro taʼlim fakulteti dekani Sobirjon Mamaradjabov, universitet rektori maslahatchisi Elyorbek Aripov, universitet psixologi D.Djurayeva hamda fakultet rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarga universitet rahbariyati hamda ichki tartib qoidalari haqida maʼlumot berib oʻtildi. Shuningdek, xalqaro taʼlim fakulteti talabalariga jamiyatdagi yurish-turish qoidalari, kiyinish madaniyati haqida ham maʼlumotlar berildi. Uchrashuvda fakultet dekani talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etib, ularning takliflari, savollari hamda fikr-mulohazalarini tingladi.
SamDTU matbuot xizmati