Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va yot diniy oqimlarga qoʻshilib ketish holatlarini oldini olish maqsadida talabalar bilan doimiy ravishda davra suhbatlari tashkil etib kelinadi. Jumladan, joriy yilning 18-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti talabalari bilan birgalikda diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurash hamda pirotexnika vositalaridan foydalanishni oldini olish tadbirlari doirasida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda SamDTU rektori maslahatchisi Elyorbek Oripov Alimovich, universitet profilaktika inspektori O.Eshmurodov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimi Saloxiddin Muxiddinov hamda Pediatriya fakulteti tyutor va talabalari ishtirok etdilar. Davra suhbatida talabalarga diniy ekstrimizm va terrorizm haqida tushunchalar berilib, bunday zararli oqimlarga qarshi immunitet shakllantirish borasida kerakli tavsiyalar berildi. Ogohlik va ziyraklik davr talabi ekani uqtirildi.
Davra suhbatida universitet profilaktika inspektori O.Eshmurodov tomonidan “Pirotexnika vositalarini tarqalishi va foydalanishga qarshi kurashish” borasida ma’ruza tashkil etilib, yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan turli noqonuniy va zararli portlovchi moslamalar, mushaklar va pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, jamoat joylarida yurish-turish qoidalariga rioya qilish va qonunbuzarliklarni oldini olish borasida tushunchalar berib oʻtdi. Shuningdek, pirotexnika vositalari savdosi bilan shugʻullangan yoki uning muomalasi va foydalangan shaxsga nisbattan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 1851-moddasida koʻrsatilgan “Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi” yaʼni Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishli tushuntirib o’tildi.
Tadbirda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
SamDTU matbuot xizmati