×
Menu
Close Menu

​Qoʻshma taʼlim fakulteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi

  Joriy yilning 1-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoʻshma taʼlim fakulteti dekani va universitet maʼmuriyati vakillari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Qoʻshma taʼlim fakulteti dekani D.Sh.Abduraxmanov, xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor Z.Aminov, SamDTU rektori maslahatchisi E.Aripov, SamDTU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi B.Rashidov , SamDTU profilaktika inspektori O.Eshmurodov hamda qoʻshma taʼlim fakulteti oʻqituvchilari ishtirok etdi.

  Fakultet dekani talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazib, oʻquv yilining samaradorligi, taʼlim tizimining tashkil etilishi xususida soʻz yuritdi. Shuningdek, fakultet talabalarini tashkil etilayotgan tadbirlar va musobaqalarda, xususan, 15-16-dekabr kunlari universitetda boʻlib oʻtadigan “Olimpiada 2020” musobaqalarida faol ishtirok etishga chaqirdi. Shuningdek, rektor maslahatchisi E.Aripov universitetda sogʻlom maʼnaviy muhitni rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar xususida gapirib oʻtdi. So'ngra xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor Z.Aminov so'zga chiqib, fakultetning tashkil etilishi va xorijiy mamalakatlar OTMlari bilan qilingan qo'shma ta'lim dasturlari haqida gapirib o'tdi.

  Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi B.Rashidov va SamDTU profilaktika inspektori O.Eshmurodov talabalar bilan suhbat uyushtirib, turli qonunbuzarlik holatlarini sodir etmaslik, yot gʻoya va guruhlar taʼsiridan himoyalanish haqida, shuningdek, qishki mavsumda turli pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik borasida kerakli tushuntirishlar berildi.

SamDTU matbuot xizmati