Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Yongʻin xavfsizligi oyligi davom etmoqda

  Yongʻin xavfsizligi oyligi davom etmoqda  Yurtimiz boʻylab 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yongʻin havfsizligi oyligi eʼlon qilingan boʻlib, bir qator tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan 28-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari bilan bilan uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirda Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari U.Axrorov Samarqand davlat tibbiyot universiteti Bosh muhandisi Sh.Ostanov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Bosh murabbiyiIjtimoiy gumanitar fanlar kafedrasimudiri А.Maxmudova, Fuqaro va mehnat muhofazasi boʻlimi xodimlari, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari, universitet ishchi xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.

  Tadbirda soʻzga chiqqanlar kuz-qish mavsumida aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yongʻinlarni oldini olish bilan bogʻliq muammolar xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, aksariyat insonlarning yongʻin xavfsizligi qoidalariga nisbatdan beparvo boʻlishlari, bu qoidalarga rioya etmasliklari oqibatida yongʻinlar sodir boʻlib, ularning oqibatlarida insonlarni tan jarohat olishi va koʻp miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlganligini, xususan 2023 yilning oʻtgan 10 oyi davomida 779 ta yongʻin sodir boʻlib, yongʻinlarda 9 nafar insonlarni tan jarohati olgani haqida maʼlumotlar berilib ogoh boʻlishga chaqirildi. Xususan, sovuq kunlarda isitish jihozlaridan oqilona foydalanish, ularning texnik holatini koʻzdan kechirib turish, noqonuniy hamda xavfli vositalar va yoʻllar orqali uyni isitishga urinmaslik borasida tavsiyalar berildi.

SamDTU matbuot xizmati