Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Neyroxirurgiya kafedrasida "Miniinvaziv neyroendoskopik xirurgik usullar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

    2023-yil 18-sentyabrda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Neyroxirurgiya kafedrasi tomonidan Yaponiya davlatining Nagoya shahridagi Aichi tibbiyot universiteti professori, neyroxirurg Vatanabe Tadashi ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

    Seminar mavzusi neyroxirurgiyada qo‘llaniluvchi neyroendoskopik miniinvaziv jarrohlik usullariga bag‘ishlandi. Seminarda professor Vatanabe Tadashibosh miyaning turli sohalarida joylashgan gematomalarda, bosh miya o‘smalarida va bosh miyaning yallig‘lanish kasalliklarida miniinvaziv usullar bilan neyroxirurgik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha jaxon miqyosida yetakchi neyroxirurglardan biridir. Seminarda professor Vatanabe Tadashi kallaning oldingi chuqurchasida joylashgan bosh miya o‘smalarida “Key-hole” usulida operativ davolash, neyroxirurgik endoskop va ekzoskopdan foydalangan holda bosh miyaning turli sohalarida joylashgan o‘smalar, abssesslar va gematomalarni miniinvaziv usulda olish bo‘yicha o‘z tajribasini prezentatsiya orqali turli klinik misollar bilan namoyish qildi.

    Seminar ishtirokchilar uchun juda foydali bo‘ldi, ishtirokchilar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga tajribalar va misollar asosida javob berildi.

    Seminar so‘ngida SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi va Yaponiyaning Aichi tibbiyot universiteti o‘rtasida kadrlar tayyorlash va klinikamizda endoskopik neyroxirurgiyani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

    Xalqaro seminarda 40 ga yaqin mutaxassislar, jumladan neyroxirurglar, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar va talabalar faol qatnashdilar.


SamDTU matbuot xizmati