Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Neyroxirurgiya: tarix, hozirgi zamon, shaxslar” Xalqaro neyroxirurglar forumi (Nur-Sulton, Qozogʻiston)

  2021 yil 1-3 iyul kunlari Qozogʻistonni Nur-Sulton shahrida “Neyroxirurgiya: tarix, hozirgi zamon, shaxs” mavzusida xalqaro neyroxirurgik forum boʻlib oʻtdi.

  Xalqaro forumda oʻttizga yaqin mamlakatlar, shu jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Gollandiya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yangi Zellandiya, Ozarbayjon, Turkiya, Malayziya, Rossiya, Belorussiya, Pokiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻizistonni toʻrt yuzdan ortiq neyroxirurgiya sohasini yetakchi mutaxassislari qatnashdilar. Xalqaro forum ishida Samarqand davlat tibbiyot universitetidan neyroxirurgiya kafedrasi dotsenti, t.f.d. Amirqul Shodiyev qatnashdilar.

  Forumni tantanali ochilish marosimida Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Yerali Tugjanov ishtirok etib, Prezident Q.Tokayevning tabrigini oʻqib eshittirdi va neyroxirurgiya sohasida oʻzaro tajriba almashish va ilgʻor texnologiyalarni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.

  Xalqaro anjumanda maʼruzalar bosh va orqa miyaning oʻsma (yaxshi va yomon sifatli), travma, qon-tomir (anevrizma, arterio-venoz malformatsiya, karotid-kavernoz qoʻshilma), yiringli-yalligʻlanish (abssess, empiema, epidurit) va bosh miyaning jarrohlik yondashuvi oʻta murakkab boʻlgan (miya asosi, miya oʻzagi, miya koʻprigi-miyacha burchagi, gipofiz sohalaridan oʻsuvchi) kasalliklarini davolash, yuqori texnologik asboblar yordamida muvaffaqiyatli operatsiyalarni amalga oshirish usullariga bagʻishlangan maʼruzalar tinglandi, bahsu munozaralar oʻtkazildi. Shuningdek, tibbiyotning eng murakkab va muhim sohalaridan biri hisoblanuvchi neyroxirurgiyaning tarixi, dunyo miqiyosida neyroxirurgiya maktablarining shakllanishi, neyroxirurgiyaning taraqqiyotiga hissa qoʻshgan olimlar, olamshumul kashfiyotlar yaratilishiga sabab boʻlgan omillar, fanning hozirgi zamondagi yutuqlari, rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan bir qator hujjatli filmlar va chiqishlar qilindi.

  Forum doirasida neyroxirurgiya fanining yangi yutuqlarini oʻquv jarayoni va amaliyotga tatbiq etish hamda hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga oid rejalar tuzildi.


SamDTU matbuot xizmati