Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTU Malayziyaning OTMlari bilan hamkorlik qiladi

  Mamlakatimizda oʻtkazilayotgan “Malayziyada taʼlim olish EXPO - 2022” doirasida mazkur mamlakatni 10 ta yetuk Universitetlarini professor-oʻqituvchilari 2022-yil 19-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdilar.

  Shu munosabat bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar forumi tashkil yetilib uning doirasida Malayziyadagi tibbiy taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

  Tadbir Oʻzbekiston yoshlar assotsiatsiyasi hamda “ Q Study ” tashkiloti yordamida amalga oshirildi. Tashrif davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Malayziyaning bir qator universitetlari bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelishuvga erishildi.

  Eslatib oʻtamiz, oʻtgan bir yillik hamkorlik natijasida Oʻzbekistonlik yoshlarga Malayziyada taʼlim olish uchun 100dan ortiq grantlar tashkil etildi. Kelgusida esa Yoshlar Forumi, magistratura talabalari va yosh izlanuvchilar uchun konferensiyalar vebinarlar va boshqa loyihalarni birgalikda tashkillashtirishga kelishib olindi.



SamDTU Matbuot xizmati