Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Universitet xodimlari faxriylar holidan xabar oldilar

  “9-May – Xotira va qadrlar Kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universitetida uzoq yillar davomida faoliyat koʻrsatib hozirgi kunda nafaqada qarilik gashtini surayotgan nuroniylar holidan bayram arafasida xabar olinmoqda.

  Shu jumladan, “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi xodimlari “9-may — Xotira va qadrlash Kuni” arafasida kafedrada uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan va hozirda keksalik gashtini surayotgan fizika-matematika fanlari nomzodi, katta oʻqituvchi (sobiq) Zebo Ibragimovna Niyazova holidan xabar oldilar.

  6-may kuni “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi xodimlari universitetda uzoq yillar davomida faoliyat koʻrsatgan dotsent, iqtisod fanlari nomzodi Marat Jamolov (87 yoshda) xonadonida boʻlib bayram bilan tabrikladilar.

  Shuningdek, universitet vakillari sobiq harbiy kafedrasi mudiri, polkovnik Uktam Abdiyevni ham bayram bilan tabrikladilar.

  Uchrashuvlar davomida nuroniylarga Universitetda amalga oshirilayotgan soʻnggi islohotlar va oʻzgarishlar xususida batafsil gapirildi. Faxriylarimiz tinch-osoyishta hayot va ogohlikning qadri, farovon turmushning hikmati, fidoyilik kabi insoniylik fazilatlari xususida soʻzlab berdilar.

  Nuroniylarimiz yurtimiz tinchligi bardavom boʻlishini, shuningdek mehr-oqibatli va saxovatli xalqimiz hamisha salomat boʻlishini tiladilar.




SamDTU matbuot xizmati