Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Oila — muqaddas dargoh!” davra suhbati oʻtkazildi

  SamDTU 1-son talabalar turar joyida xotin-qizlar maslahat kengashi faollari, 2-davolash ishi, pediatriya fakultetlari xotin-kizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchilari tomonidan “Oila muqaddas dargoh”, “Siz oilaga tayyormi?” mavzularida davra suhbatlari oʻtkazildi.

  Oila azaldan muqaddas dargoh hisoblangan, inson oilada dunyoga keladi, ulgʻayib kamol topadi, eng avvalo oila mustahkam, tinch boʻlsa jamiyat barqaror boʻladi.

  Davra suhbatida bugungi kunda eng dolzarb ahamiyat kasb etayotgan masalalardan biri, bu erta nikohlar, yesh yigit-qizlarning oila qurishga tayyor emasligi, qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlar muammolari, oilaviy ajrimlar, har bir yigit qizlarimiz oila qurish uchun ham maʼnan, ham jismonan tayyor boʻlishlari, oila aʼzolariga nisbatan hurmat va eʼtiborda boʻlishlari kerakligi, qaynona kelin munosabatlari toʻgʻrisida soʻz bordi, statistik maʼlumotlar keltirilib, qiziqarli savol javoblar bilan yakun topdi.



SamDTU Matbuot xizmati