Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU talabalari respublika musobaqasi sovrindorlariga aylandilar

  Joriy yilning 23-25-aprel kunlari OTM talabalari oʻrtasida “Armrestling” boʻyicha respublika sport musobaqasi oʻtkazildi. Ushbu musobaqada Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari ham ishtirok etdi.

  Qizgʻin davom etgan musobaqalar natijasiga koʻra SamDTU talabalari jamoaviy hisobda jami 3 ta bronza, 2 ta kumush va 1 ta oltin medalni qoʻlga kiritdilar. Universitetning boshqa talabalari ham sovrindorlarga aylanib, sertifikatlar oldilar.

  Bundan tashqari universitetda tahsil olayotgan Afgʻoniston, Pokiston, Saudiya Arabistonidan kelgan talabalarimiz 23-30-aprel kunlari oʻtkaziladigan Osiyo chempionatida oʻz davlatlari nomidan ishtirok etadilar.

  Respublikada “Armrestling” sport turini targʻib etish hamda rivojlanishiga qoʻshgan hissa uchun SamDTU sport klubi raisi oʻrinbosari, jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi M.Ziyatov Oʻzbekiston Armrestling federatsiyasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

  SamDTU talabalari muntazam ravishda sport bilan shugʻullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va Universitet miqyosida muntazam ravishda sport musobaqalarini oʻtkazilishi musobaqalarda qoʻlga kiritgan gʻalabalar uchun poydevor boʻldi.



SamDTU matbuot xizmati