23-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakulteti dekan oʻrinbosari M.O.Zaripov, ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi F.Yu.Nazarov va assistent S.T.Yarmatovlar viloyatni Qoʻshrabot tumanidagi 61-son umumtaʼlim maktabida boʻldilar.
Tashrif davomida maktab rahbariyati va bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi, ularni istiqboli haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Oʻquvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.
Shuningdek, maktabda koʻp yillar oʻqituvchilik qilgan, hozirda nafaqadagi oʻqituvchilar holidan xabar olindi.
SamDTU matbuot xizmati