Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Yevro-Osiyo infeksionistlari jamiyati, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti hamkorligida 2022-yil 21-22-aprel kunlari Buxoro shahrida “Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va parazitologiyaning dolzarb muammolari” Xalqaro ilmiy anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanda Samarqand davlat tibbiyot universiteti oʻquv ishlari prorektori, yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, dotsent
Soʻnggi yillarda yuqumli kasalliklarning epidemiologik va klinik koʻrinishida sezilarli oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Kasallanishlarning umumiy tarkibida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va demografik omillar taʼsirida yuqumli kasalliklar ulushining kamayishi kuzatilmayapti. Shuningdek, 2020-yilda butun jahon xalqlari salomatligiga xavf solgan COVID-19 pandemiyasi yana bir bor ushbu muammoning dolzarbligidan dalolat berdi. Anjumanda yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi va profilaktikasining dolzarb nazariy va amaliy masalalari muhokama qilindi. Natijada yuqumli kasalliklarni davolashda va oldini olishda yangi yondashuvlarni birgalikda yanada keng ishlab chiqish imkonini berdi.
“
SamDTU Matbuot xizmati