Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Yoshlarni ekstremizm gʻoyalaridan saqlash va maʼnaviyatini yuksaltirish boʻyicha uchrashuvlar boʻlib oʻtdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat asosida yoshlarni aqidaparastlik oqimlaridan saqlash” hamda “Milliy libos – maʼnaviyat koʻzgusi” mavzularga bagʻishlangan maʼrifiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

  Tadbirlarni universitet yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat boʻyicha prorektor E.S.Tangirov kirish soʻzi bilan ochib berib uchrashuvni maqsadi, uning kun tartibidagi dolzarbligini taʼkidladi.

  Samarqand viloyati Diniy ishlar qoʻmitasi rahbari Sohibnazar Boymurodov va viloyat targʻibot guruhi rahbari Sanoat Zoxidova oʻz chiqishlarida ekstremizm va terrorizm insoniyatga eng zararli havf-xatarlaridan biri ekanligini, bugungi kunda ekstremizm va terrorizm jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uygʻotayotgan omilga aylanganligini, axborot makonda ogoh boʻlish lozimligini, yoshlarga toʻgʻri tarbiya berish, ularga dunyoda boʻlayotgan oʻzgarishlarni toʻgʻri baholash va tegishli xulosa chiqarishga oʻrgatishni taʼkidladilar. Chiqishlarda kiyinish madaniyatiga ham toʻxtalib, kiyinish madaniyatiga boʻlgan qarash insonning goʻzallik, nafosat, odob borasidagi koʻz qarashlarini ifoda etadigan hamda bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyim bu avvalam bor maʼnaviyat timsoli hamda qadriyatning koʻrinishi deb xulosa qilindi. Uchrashuvlar ishtirokchilari uchun “Ekstremizmni salbiy oqibatlari” nomli videofilmi ham namoyish etildi.

  Ochiq va doʻstona muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvlarda barcha belgilangan masalalar muhokama qilindi, mazmunli chiqishlar uchun tashrif buyurgan mehmonlarga universitet rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirildi.



SamDTU matbuot xizmati