Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi!” xayriya aksiyasi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti jamoasi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi 59-sonli koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif uyushtirildi.

  Fakultet dekani Alisher Axmedov boshchiligida dekan oʻrinbosarlari hamda bir qancha faol talabalardan iborat fakultet jamoasi “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi!” shiori ostida maktab internati tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldilar.

  Uchrashuv doirasida tadbir tashkil etilib, fakultet talabalari tomonidan bolajonlar uchun qiziqarli chiqishlar uyushtirildi hamda koʻngilochar kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

  Tadbir doirasida maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilariga SamDTU Stomatologiya fakulteti tomonidan homiylar taqdim etilgan esdalik sovgʻalari ulashildi.

  Ixtisoslashtirilgan maktab-internat rahbariyati tashrif uchun universitet rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligini izhor etdi.





SamDTU matbuot xizmati