14 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat asosida yoshlarni aqidaparastlik oqimlaridan saqlash” hamda “Milliy libos – maʼnaviyat koʻzgusi” mavzularda maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirni universitet yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat boʻyicha prorektor E.S.Tangirov kirish soʻzi bilan ochib berdi va uchrashuvni maqsadi, uning kun tartibidagi dolzarbligi taʼkidladi hamda kelgan mehmonlarni tanishtirdi. Soʻngra Samarqand viloyati Diniy ishlar qoʻmitasi rahbari Sohibnazar Boymurodov soʻz olib ekstremizm va terrorizm insoniyatga eng zararli havf-xatarlaridan biri ekanligini, ushbu illat bagʻrikenglik, rang-baranglik va hamfikrlikni rad etishini bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka raxna solayotganligi haqida gapirib berdi. Bugungi kunda ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uygʻotayotgan omilga aylanganligini, umumbashariy muammoga aylangan ekstremizm va terrorizmni jahon hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy manfaatlardan voz kechgan holda harakat qilibgina enga olishi mumkinligi aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan ayni haqiqatdir, deya taʼkidladi notiq.
Viloyat targʻibot guruhi rahbari Sanoat
Uchrashuv ochiq va doʻstona iliq muloqot tarzida oʻtkazildi. Tashrif buyurgan mehmonlarga universitet rahbariyati nomidan mazmunli maʼruzalar uchun minnatdorchilik bildirildi.
SamDTU matbuot xizmati