Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Boʻlajak pediatrlar uchun “Zakovat” oʻyinlari tashkil etildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti pediatriya fakulteti va Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ularga bilim, koʻnikmalar hamda ziyrakliklarni sinab koʻrish uchun imkoniyat yaratish maqsadida 1-son talabalar turar joyida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkillashtirildi.

  Mazkur tanlovda 1-bosqich talabalaridan jami 6 ta: “Pediatr”, “Aristotel, Respect-2”, “Liderlar”, “Zukko mediklar” va “Avitsenna” jamoalari ishtirok etdi. Bahslar qizgʻin va murosasiz tarzda kechdi, ammo oʻyin davomida turli lirik chekinishlar ham namoyish etildi. Yakunidagi natijalarga koʻra — “Liderlar”, “Aristotel”, “Respekt-2”, “Zukko mediklar” jamoalari keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

  Oliygoh talabalari uchun “Zakovat” intellektual oʻyinlari davom etadi. Keyingi bahslarda barcha talabalarni kutib qolamiz!




SamDTU matbuot xizmati