Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Mahalla aholisi uchun sogʻlom turmush tarzi boʻyicha maʼruza va tibbiy koʻrik oʻtkazildi

  2022-yil 8-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti jamoasi tashabbusi bilan klinik kafedralarni oftalmolog, terapevt, pediatr, nevropatolog, akusher-ginekolog, endokrinolog, LOR va onkolog mutaxassislari hamda fakultetning 5-kurs talabalari vakillari Samarqand shahri “Koʻksaroy” mahallasida boʻldilar.

  Tashrif davomida t.f.n., dotsent A.T.Safarov va 2-son oilaviy poliklinika shifokorlari tomonidan “Sogʻlom turmush tarzi” mavzusida maʼruza oʻtkazildi. Maʼruza davomida mahalla ahliga turmush tarzi asosini tashkil qiluvchi sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollik haqida keng tushuntirildi, berilgan barcha savollarga javoblar qaytarildi.

  9-aprel kuni esa shunga oʻxshash maʼruza farmatsiya fakulteti tomonidan Samarqand shahrini “Istiqbol” mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazildi. Tashrif davomida dos.A.A.Oslamov hamda 3-son oilaviy poliklinika shifokorlari tomonidan sogʻlom turmush tarzi boʻyicha maʼruza qilindi, mahalla ahli uchun oʻtkazilgan tibbiy koʻrikda SamDTU malakali mutaxassislari tomonidan fuqarolar sogʻligʻini qiynayotgan massalariga koʻmaklashildi.




SamDTU matbuot xizmati