8-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan farmatsiya fakulteti bilan hamkorlikda professor-oʻqituvchilar va talaba-qizlar ishtirokida “Qizlar odobi va kiyinish madaniyati” mavzusida seminar oʻtkazildi.
Uchrashuvda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xudayberdiyeva, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyati vakili S.Akbarjanova, Samarqand shahar hokimligi “Buvijonlar maktabi” rahbari G.Xusainovalar maʼruza qilib, respublikamizda oliy taʼlim tizimida xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar, qizlar odobi, tarbiyasi, xulqi, muomala va kiyinish madaniyati haqida keng tushunchalar berdilar. Notiqlar milliy qadriyatlarimiz va milliy liboslarimiz haqida gapirib noanʼanaviy kiyinish holatlari, qizlarni oilaga tayyorlashni aniq dalillar asosida oʻz fikrlarini bildilar va tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan qiziqarli maʼlumotlar berdilar.
Seminar jonli tarzda oʻtkazildi, barcha kun tartibidagi masalalar ochiq muloqot tarzida yoritildi.
SamDTU matbuot xizmati