Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

COVID-19 pandemiyasi davrida gepatologik va gastroenterologlik kasalliklar va bemorlarni reabilitatsiyasi boʻyicha amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi

  2022-yil 8-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi tomonidan Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bilan hamkorlikda “COVID-19 pandemiyasi davrida gepatologik va gastroenterologlik kasalliklar. Covid 19: bemorlar reabilitatsiyasida yangicha yondashuv” mavzusida amaliy konferensiya tashkil etildi. Tadbirda SamDTU professor-oʻqituvchilari, talabalar, shifoxona shifokorlari ishtirok etdilar.

  Anjumanni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad — amaliyot shifokorlarini tibbiyotda yuz berayotgan yangiliklardan xabardor qilish, jahon tibbiyotidagi amaliyotlarni milliy sogʻliqni saqlash tizimiga joriy qilish boʻldi.

  Konferensiya doirasida Yevropa gastroenterologlar hamjamiyati aʼzosi, Yevropa kardiologlar hamjamiyati aʼzosi, Jigar kasalliklarini oʻrganish boʻyicha Yevropa hamjamiyati aʼzosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Yelena Borisovna Zuyevani maʼruzasi eshitildi. Mahorat darsi davomida ishtirokchilar mavzu boʻyicha eng zamonaviy maʼlumotlar hamda berilgan barcha savollariga javoblar oldilar.


SamDTU matbuot xizmati