Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Talablarning ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi

  8-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy pedagogika, oliy hamshiralik ishi va xalq tabobati fakulteti talabalarining ota-onalari hamda yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda fakultet dekani F.A.Daminov, universitet bosh murabbiyi A.N.Maxmudova, dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

  Yigʻilishda qishki sessiya natijalari yana bir bor eslatilib, fanlardan akademik qarzdorligi boʻlgan talabalarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bu haqida ogohlantirildi. Shuningdek, talabalarning odob-axloqi va oʻzlashtirishlari haqida ham soʻz yuritilib, yigʻilganlarga tushuntirishlar berildi. Fakultet rahbariyati tomonidan ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollariga javoblar qaytarildi.





SamDTU matbuot xizmati