Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Salomatlik sari 5 ming qadam” ommaviy yurish marafoni boʻlib oʻtdi

  7-aprel Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Samarqand shahrida “Sogʻlom hayot sari qadam tashla!” shiori ostida “Salomatlik sari 5 ming qadam” ommaviy yurish marafoni oʻtkazildi.

  Marafon boshlanishida viloyat sportni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilari, sogʻliqni saqlash boshqarmasi va tibbiyot muassasalari xodimlari marafonni oʻtkazishdan maqsad sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish hamda keng ommaga targʻib qilish ekanligi, yurish va jismoniy mashqlarning samarasi, sogʻlom turmush tarzini qoidalariga rioya etish sogʻlom turmush poydevori ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.

  Marafonda 5 mingdan ziyod ishtirokchi belgilangan masofani bosib oʻtib, ochiq maydonda badantarbiya qildi. Ommaviy yurish marafonida SamDTU talabalari ham faol ishtirok etdilar.

  Sport-sogʻlomlashtirish tarbiyalari bugun SamDTUni har ikkala klinikalari va bazalarida tibbiyot xodimlari va bemorlarni ixtiyoriy ishtirokida ham faol uyushtirildi.

  Bu kabi sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarini yanada koʻpaytirilishi hamda har bir inson bunday badantarbiya mashgʻulotlarini doimiy ravishda bajarib turishi jamiyatda sogʻlom muhitning barpo boʻlishiga zamin yaratadi desak mubolagʻa boʻlmaydi.


SamDTU matbuot xizmati