Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Mahalla aholisi uchun tibbiy koʻrik tashkil qilindi

  2022-yil 4-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetini tibbiy pedagogika, OHI va xalq tabobati fakulteti xodimlari va oftalmolog, terapevt, pediatr, nevropatolog, akusher-ginekolog, endokrinolog va onkologdan iborat bir guruh professor-oʻqituvchilari Samarqand shahar “Oʻzbekiston” mahallasida boʻldilar.

  Tashrif davomida t.f.d., Turon akademiyasi aʼzosi S.Q. Rasulov va 2-son oilaviy poliklinika shifokori X.Sh. Artikovalar tomonidan “Sogʻlom turmush tarzi” mavzusida maʼruza tashkil qilindi. SamDTU malakali mutaxassislari tomonidan mahalla ahli uchun oʻtkazilgan tibbiy koʻrikdan esa barcha fuqarolar mamnun boʻldilar.




SamDTU matbuot markazi