Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Qoʻshrabod maktabi oʻquvchilari uchun master-klasslar tashkil qilindi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Tibbiy kimyo” kafedrasini professor-oʻqituvchilari Qoʻshrabot tumani 11-son umumtaʼlim maktabida tashrif buyurdilar.

  Tashrif doirasida kafedra assistenti A.Karjavov tomonidan 9 va 10 sinf oʻqituvchilari uchun kimyo fanidan master-klasslar oʻtkazildi, kimyo fanini real hayot va boʻlajak shifokorlar uchun ahamiyati tushuntirildi. Bundan tashqari, DTM testlari olib kelinib 11-sinf oʻquvchilari uchun test nazorati olindi. Testlar 5 ta fanlar kesimida 105 ta savoldan iborat boʻlib, maktabni 36 nafar bitiruvchisi uchun oʻtkazildi.

  Tuman maktabi bilan hamkorlikni muntazam ravishda olib borish boʻyicha kelishib olindi.


SamDTU matbuot markazi