1-aprel kuni kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti tibbiy pedagogika, oliy hamshiralik ishi va xalq tabobati fakulteti dekanati va tyutorlari, “Teri-tanosil kasalliklar” va “Jismoniy tarbiya” kafedralari hamkorligida “Sogʻlom turmush — yorugʻ kelajak!” shiori ostida “Dekan kubogi” uchun mini-futbol boʻyicha oʻyinlar boʻlib oʻtdi.
Oʻyinlarda fakultetni 1, 2, 3 kurs talabalaridan iborat jami 7 ta jamoa ishtirok etdi. Natijalar boʻyicha — 3-oʻrin xalq tabobati ikkinchi kurs jamoasi, 2-oʻringa tibbiy pedagogika yoʻnalishini ikkinchi kurs 3-oqim jamoasiga, 1-oʻrin esa tibbiy pedagogika yoʻnalishini ikkinchi kurs 1-oqim talabalaridan iborat jamoaga nasib qildi.
Barcha faol talabalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.
SamDTU matbuot xizmati