Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU professor-oʻqtuvchilari Qashqadaryo viloyatida aholini sogʻlomlashtirish aksiyasida faol ishtirok etmoqdalar

  Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotida belgilangan 7 ta muhim yoʻnalishdagi vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida sogʻlomlashtirish aksiyasi eʼlon qilingan. Mazkur tadbirda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va shifokorlari, shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti yetakchi professor-oʻqituvchilari ham qatnashmoqdalar.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetining terapevt, kardiolog, lor, yuz-jagʻ xirurgi, nevropatolog, pediatr, xirurg, okulist, travmatolog jami 30 ga yaqin professor-oʻqituvchilari Qashqadaryoga safarbar etilib oilaviy poliklinikalardagi laboratoriya xodimlarini toifasi, malakasini yetarliligini, laboratoriya anjomlarining yaroqliligini tekshiruvdan oʻtkazdilar, seminar treninglar tashkil etilib, kerakli yordamlar koʻrsatdilar.

  Shu jumladan, SamDTU yuz-jagʻ xirurgiyasi kafedrasining bir guruh professor-oʻqituvchilari va malakali xodimlari Qashqadaryoda aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, yuqori texnologik operatsiyalarni tashkil etgan holda konsultatsiyalarni amalga oshirib kelmoqdalar.

  Pediatriya fakultetining Klinik laboratoriya va diagnostika kafedrasi tomonidan 31-mart kunidan boshlab Qarshi shahri poliklinikalar kesimida ilmiy-amaliy, uslubiy koʻrsatmalar berish hamda laboratoriya xizmatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi ham ish faoliyatini boshladi.

  Mutaxassislar tomonidan hozirgi vaqtgacha 800 dan ortiq bemor tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, kerakli tavsiyalar berildi hamda davo muolaja turlari belgilandi. Bundan tashqari jarrohlik yoʻnalishi boʻyicha yuz-jagʻ, umumiy jarrohlik, lor hamda urologik yoʻnalishi boʻyicha 40 dan ortiq master-klasslar tashkil etildi va bemorlarda har xil turdagi mini-invaziv operatsiyalar oʻtkazildi. Bundan tashqari xatlov orqali bemorlarni koʻrikdan oʻtkazilib, tavsiyalar berilib kelinmoqda.




SamDTU matbuot xizmati