Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTU va Xatirchi tumanidagi jamoat salomatligi texnikumi oʻrtasida hamkorlik

  2-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Informatika va informatsion texnologiyalar”, “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” va “Farmakologiya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xatirchi tibbiyot texnikumiga tashrif buyurdilar.

  Tashrif davomida universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan bugungi kunda oʻquvchilarning erkin fikrlashga oʻrgatish va ularning soʻz boyligini oshirish, olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllay olishi yuzasidan bir qancha fikrlar aytib oʻtildi. Oʻquvchilarni kelajakda oʻzlari qiziqqan kasblarni tanlashida va hayotda toʻgʻri yoʻlni topishida bugungi olingan bilimlarning naqadar muhim ekanligi hamda kasb tanlashda adashmaslik zarur ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

  Texnikumda tashkil etilgan taʼlim jarayonlaridagi yutuq hamda kamchiliklar tahlil qilinib, davra suhbati oʻtkazildi. Shuningdek, texnikum uchun kerakli metodik yordamlar koʻrsatildi. Shu jumladan “Biofizika fanining tibbiyotdagi oʻrni”, “Kon ivishiga tasir qiluvchi vositalar”, “Eritropoezga tasir qiluvchi vositalar” kabi mahorat darslari tashkil qilindi, oʻquvchilarni qiziqtirgan savolariga javoblar berildi.

  Tashrif natijasida SamDTU va Xatirchi tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi oʻrtasida shartnoma imzolanib muntazam ravishda uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha kelishib olindi.


SamDTU Matuot xizmati