Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTU va Qoʻshrabot maktablari hamkorligi amalda

  2-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining pediatriya fakulteti nur terapiya, diagnostika va bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedralari xodimlaridan iborat guruh viloyatimizni Qoʻshrabot tumanidagi 51-son umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurishdi.

  Ochiq muloqot tashkil etilib maktab oʻquvchilariga sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tushunchalar hamda ular tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi. Bundan tashqari maktab oʻquvchilari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga kerakli tavsiyalar berildi.

  Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universititeti va Qoʻshrabot tumanidagi 51-son umumtaʼlim maktabi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va integratsiya memorandumi imzolandi hamda kelajakda bajariladigan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

  SamDTUni 1-davolash ishi, tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya fakultetlari kafedralari professor-oʻqituvchilari tomonidan Qoʻshrabot tumanidagi 37, 61-son maktablariga ham tashriflar qilinib hamkorlik doirasidagi ishlar amalga oshirildi.





SamDTU Matbuot xizmati