Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Davolash ishi fakulteti tomonidan trening oʻtkazildi

  1-son Talabalar turar joyida davolash ishi fakultetining Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tomonidan trening tashkil etildi.

  Trening “Elektrokardiografiya tekshiruvining bemorlarni tekshirish va davolashdagi klinik ahamiyati” mavzusida boʻlib, unda talabalar va institut xodimlari ishtirok etishdi. Suhbatda Elektrokardiografiya tekshiruvining yurak kasalliklarini aniqlash va oldini olishdagi ahamiyati haqida gapirilib, ushbu usul yurak ritmidagi oʻzgarishlar, miokard infarkt xarakterlari va turli yurak kasalliklarini diagnostika qilishda samarali ekanligi aytib oʻtildi.

  Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.



SamDTI Matbuot xizmati