Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ishchi guruhi SamDTI faoliyatini oʻrganmoqda

  Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qoʻshma ishchi guruhi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish, jumladan, oʻquv jarayonining tashkil etilishi va undagi muammolarni aniqlash, taʼlim sifati va samaradorligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishiga, shuningdek, innovatsion faoliyatga xolisona, tanqidiy-tahliliy baho berish doirasida Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

  Ishchi guruh tomonidan institutimizda yoʻlga qoʻyilgan taʼlim jarayoniga tegishli oʻquv meʼyoriy hujjatlarning qonun doirasida rasmiylashtirilganligi, taʼlim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanilayotganligi, attestatsiya va talabalar bilimini nazorat qilish tizimining toʻgʻri tashkil etilganligi, professor-oʻqituvchilar va boshqa ishchi xodimlarni ishga qabul qilishda shaffoflikning yoʻlga qoʻyilganligiga va boshqa bir qator masalalarga eʼtibor qaratildi.

  Kuzatish va tahlillar natijasida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi va yoʻl xaritalarini tuzish vazifasi belgilab olindi.



SamDTI Matbuot xizmati