Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institut rektorini bitiruvchilar bilan uchrashuvi o'tkazildi

  28 – fevral kuni SamDTI katta majlislar zalida SamDTI rektori J.A. Rizayev bilan Davolash ishi, Pediatriya, Stomatologiya, Tibbiy pedagogika va Tibbiy profilaktika fakultetlari bilan bitiruvchi kurs talabalari oʻrtasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

  Mamlakatimizda yoshlarning taʼlim olishi, ularning yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishlari uchun amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar Davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Zero, yoshlar — vatanning ertangi kun egalaridir.

  Muloqot davomida bitiruvchi kurs talabalarining taʼlim jarayonlari,ularning samaradorligi, boʻlajak shifokorlarni keyingi rejalari haqida soʻz yuritildi.

  Shuning bilan birga Yakuniy davlat attestatsiyasi haqida ham maʼlumot berilib, uning ahamiyati taʼkidlab oʻtildi. SamDTI rektori bilan ochiq muloqot tarzida kechgan yigʻilishda talabalarning oliy taʼlimdan keyingi mehnat faoliyatlari va ishga joylashish jarayonlari, yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida ham alohida maʼlumotlar berib o'tildi hamda qoʻllab quvvatlashlar boʻlishi haqida eslatib oʻtildi. Ochiq muloqot erkin dialog shaklida oʻtdi.








SamDTI Matbuot xizmati