SamDTI Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetida 23-fevral kuni Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusning beshinchi tashabbusi yaʼni “Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari boʻyicha” 3-son talabalar turar joyida qizlar oʻrtasida turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek, ularni oilaga tayyorlashda fakultet yoshlar masalalari maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari N.A.Muradova, tyutor M.X.Djurakulovna, OXTA kafedrasining assistentlari G.S.Xudoyberdieva D.R.Abdullaevalar oʻzlarining hissalarini qoʻshib boʻlajak kelinlarga turli maslahatlar berib kelmoqdalar.
SamDTI Matbuot xizmati