2021-yil 24-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oliy taʼlim tizimida tub ijobiy oʻzgarishlarga olib keladigan 2 ta muhim hujjat, yaʼni “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish toʻgʻrisida” gi qarorlari imzolangan edi. Shu qarorga muvofiq Samarqand davlat tibbiyot institutiga ham moliyaviy mustaqillik berildi. Yurtboshimiz tomonidan berilgan imkoniyatlardan kelib chiqilgan holda Samarqand davlat tibbiyot institutida talaba yoshlarining taʼlim olishlariga koʻmaklashish maqsadida shartnoma asosida taʼlim olayotgan va“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan talabalarga bir yillik toʻlov-kontrakt summalari institut tomonidan toʻlab beriladi. Jumladan, SamDTI oʻz budjeti hisobidan 20 dan ortiq talabaga bir yillik shartnoma pullarini talab berish imkoniyati mavjud.
Xoʻsh, qanday toifadagi talablar uchun SamDTI bir yillik kontrakt toʻlovlarini toʻlab beradi:
• “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari;
• mehribonlik uylari, bolalar shaharchasi bitiruvchilari;
• ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan, vasiylikka olingan yoshlar;
• toʻliq boʻlmagan oila (yolgʻiz ona, ota)ning farzandlari;
• oila boquvchilarining kamida bittasi birinchi guruh yoki har ikkalasi ikkinchi guruh nogironi boʻlgan oila farzandlari;
• I yoki II guruh nogironligi boʻlgan yoshlar;
• jazoni ijro etish muassasalaridan jazo muddatini oʻtab chiqqan yoshlar;
• “ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandlari;