Samarqand viloyati hokimligining 2022 yil 11-yanvardagi “Samarqand viloyatida taʼlim sifatini oshirishga erishiladigan maqsadli koʻrsatkichlar boʻyicha oxirgi oʻrinlarni egallagan maktablarda taʼlim sifatini koʻtarish toʻgʻrisida” gi 10-7-0-Q/22-sonli qaroriga muvofiq 19-fevral kuni SamDTI “Oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili bilan” kafedrasi oʻqituvchilari Qoʻshrabot tumanidagi 4-son umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdilar. Maktabda oʻquvchilar bilan”Til mavqeyi — el mavqeyi” mavzusida mahorat darslari oʻtkazildi. Darsda ona tilimizning naqadar boy va serjilo ekanligi uni mukammal oʻrganish va unga hurmat ruhida munosabatda boʻlish kerakligi taʼkidlab oʻtildi. Zero, til qadrining oshishi boshqa tillarga boʻlgan hurmatni ham taʼminlaydi.
Shuningdek, tilni oʻrganish boʻyicha zamonaviy metodikalar, xalqaro yangi tendensiyalar boʻyicha pedagoglar tomonidan qimmatli maʼlumotlar berildi, oʻqituvchilarning tillar boʻyicha salohiyatlarini oshirish borasida takliflar bildirildi.
SamDTI Matbuot xizmati