Joriy yilning 18-fevralida Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni doirasida Samarqand 13060-harbiy qism Madaniyat markazida uchrashuv boʻlib oʻtdi. “Sogʻlom turmush tarzi sogʻliq garovi” mavzusida kechgan uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot instituti oʻqituvchilari ham ishtirok etishdi.
Tibbiyot olamiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshgan ulugʻ bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ijodi, bizga qoldirgan boy merosi yuzasidan fikrlar almashinildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oilalarida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, shaxsiy gigiyena va toʻgʻri ovqatlanishga eʼtibor qaratish, muntazam sport bilan shugʻullanish hamda turli virusli kasalliklardan himoyalanish toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Tadbir soʻnggida harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan bir qator savollarga javob oldilar.
SamDTI Matbuot xizmati