Samarqand davlat tibbiyot instituti malakali mutaxassislar tomonidan Qoʻshrabot tuman Shovona oilaviy poliklinikasiga qarashli Boqi chigʻatoy qishlogʻida navbatdagi maqsadli skrining tibbiy koʻrik oʻtkazildi. Tibbiy koʻrik uchun Xirurg, Terapevt, Endokrinolog, Neyroxirurg, UTT Shifokori, Onkolog, Ginekolog, Oftalmolog, LOR, Pediatr kabi koʻplab mutaxassislar jalb etildi.
Tashrif davomida 304 nafar fuqaro skrining tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, aniqlangan kasalliklar boʻyicha 23 nafari tuman shifoxonasiga, 8 nafari viloyat shifoxonalariga davolanish uchun yoʻllanma berildi. Ogʻir ahvoldagi bemorlar uyiga borib tekshirildi. Bundan tashqari maktabda oʻquvchilar bilan uchrashib mahorat darslari tashkil qilindi.
SamDTI Matbuot xizmati