Institut xotin-qizlar maslahat kengashi faollari 1 - va 3 - sonli talabalar turar joylarida boʻlishib, oflayn oʻquv jarayoniga qaytgan talaba qizlardan holidan xabar olishdi.
Qizlar oʻrtasida qizlar tarbiyasi toʻgʻrisida ochiq muloqotlar oʻtkazildi. Unda milliy qadriyatlarimiz, qizlar tarbiyasi, muomala va kiyinish madaniyati, institut hamda turar joy ichki tartibiga, sanitar gigiyena va karantin qoidalariga rioya qilishlari, turar joyda yaratilgan qulayliklar, sharoitlardan oqilona foydalanishlari toʻgʻrisida soʻz bordi.
Qizlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda iliq kutib olinganliklari va barcha sharoitlar aʼlo darajadaligidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
SamDTI Matbuot xizmati