Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot institutida an'anaviy tarzda o'quv jarayoni boshlandi

  Erta tongdan o'z oliygohlarini sog'ingan talabalar institutga yuqori kayfiyat bilan tashrif buyurib, an'anaviy darslarga kirishdilar.

Karantin qoidalariga to'liq tiya etgan holda barcha talabaning tana harorati o'lchanib, qo'llariga antiseptik vositalar sepildi, tibbiy niqobsiz talabalarga niqob tarqatildi. Shuningdek, har bir o‘quv dars xonalarida antiseptik vositalar joylashtirildi.

  An'anaviy darslar bilan birga qishki sessiyalarga ham start berildi. Talabalar qishki sessiyani topshirish maqsadida o’zlarining bilimlarini fanlar kesimida og’zaki va yozma ko’rinishidagi imtihonlarda topshirishmoqdalar.

SamDTI Matbuot xizmati