Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Institut kuzatuv kengashini birinchi majlisi oʻtkazildi

 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24-dekabr kuni imzolangan “Davlat oliy taʼlim muassasalariga akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish toʻgʻrisida”gi va “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish toʻgʻrisida”gi qarorlari boʻyicha 2022-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekistonda 35 ta OTMga, shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot institutiga ham moliyaviy va tashkiliy boshqaruv masalalarida mustaqillik berildi.

  Moliyaviy mustaqillik olgan oliygohlarda “Kuzatuv kengash”lar tashkil etilib, ular keng masalalarni, shu jumladan oliy taʼlim muassasasining uzoq va oʻrta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori oʻrinlaridan joy olish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni belgilash hamda uning amalga oshirilishini nazorat qilib borish, oʻrta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash, ularning ijrosini muhokama qilish, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul parametrlarini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish va uning moliyaviy faoliyati bilan bogʻliq masalalarni hal etish, shu jumladan nodavlat notijorat tashkiloti koʻrinishida maqsadli kapital jamgʻarmasini shakllantirish va byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish tartibini, shu jumladan xarajatlarning taqsimlanish ulushini mustaqil belgilashni nazorat qiluvchi organ deb belgilangan.

  Bugun 5 – fevral kuni SamDTIning kuzatuv kengashini 1-chi majlisi online tarzda oʻtkazildi. Yigʻilishda jami 10 nafar kuzatuv kengashini aʼzolari, shu jumladan institut rektori, prorektorlar, viloyat tibbiyot muassasalarini rahbarlari ishtirok etdilar. Majlisni kuzatuv kengashi raisi, Sogʻliqni saqlash vazirini oʻrinbosari Ulugbek Sabirov ochib berdi.

  Majlisda institut rektori Jasur Rizayev taklifi bilan SamDTIda 2022-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator masalalar koʻrib chiqildi. Jumladan, “Samarqand davlat tibbiyot institutining Kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi Nizom”ni tasdiqlash, “Samarqand davlat tibbiyot institutining 2022-yil uchun biznes-rejasi”ni tasdiqlash, “Samarqand davlat tibbiyot institutining professor-oʻqituvchilari va xodimlarini byudjetdan tashqari (toʻlov kontrakt hamda rivojlantirish jamgʻarmasi) mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ni tasdiqlash va boshqa bir qator masalalar koʻrib chiqildi. Majlis ishtirokchilari, muhokama qilingan ishlar va qabul qilingan hujjatlar institutni yanada yuksaltirishga turtki boʻlishini taʼkidlab oʻtdilar.




SamDTI matbuot xizmati