Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Tumanlarda tibbiyot xodimlari bilan “Inson qadri uchun” shiori ostida ochiq muloqotlar oʻtkazilmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan Samarqand viloyatini tumanlarida “Inson qadri uchun” shiori ostida “Jonkuyar tibbiyot xodimlariga tayanamiz!” mavzusida turkum ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

  Institutda tuzilgan maxsus Ishchi guruh aʼzolari tomonidan 4 fevraldan boshlab biriktirilgan hududlar tibbiyot muassasalaridagi shifokorlar, hamshiralar va boshqa xodimlar bilan ochiq muloqotlarda sogʻliqni saqlash sohasidagi dolzarb muammolar, ularning yechimlari, aholiga koʻrsatilayotgan malakali tibbiy xizmat sifatini yaxshilash boʻyicha taklif va tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Jumladan, 4-fevral kuni mazkur muloqotlar Bulungʻur va Jomboy tuman tibbiyot birlashmalarida boʻlib oʻtdi, 5 fevral kuni esa Urgut va Toyloq tuman tibbiyot birlashmalarini xodimlari bilan oʻtkazish rejalashtirilgan.

  Hududlardagi tibbiyot vakillaridan takliflarni yigʻib umumlashtirilgandan soʻng sohasi yanada takomillashtirish boʻyicha amaliy ishlarni joriy qilish belgilangan.


SamDTI matbuot xizmati