Aholi va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sogʻlom turmush tarziga intilishlarini shakllantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun sport toʻgaraklariga jalb etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Sogʻlom turmush tarzi, inson salomatligini asrash, uzoq umr koʻrishning garovi ekanligi hammamiz uchun ayon haqiqat boʻlib, aholining sogʻlom turmush tarzi va farovon hayoti ifodasi hisoblanadi.
Samarqand davlat tibbiyot institutida bu sohada talaygina ishlar amalga oshirilib kelinmoqda, xususan professor-oʻqituvchilar va xodimlar, xotin-qizlar va yoshlarning barcha sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Institutni xotin-qizlar jamoasi ham bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, boʻsh vaqtlarida muntazam ravishda sport turlari bilan shugʻullanib, sogʻliqlarini mustahkamlab kelishmoqdalar.
SamDTI matbuot xizmati