Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Ilmiy-tadqiqot faoliyat boʻyicha xalqaro vebinar

  20-yanvar kuni institut Samarqand davlat tibbiyot instituti “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasida Rossiyani Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi (prof. S.B. Yegorkina va kafedra aʼzolari) va M.T.Kalashnikov nomidagi Ijevsk davlat universiteti (prof. V.A.Stepanov, prof. V.V. Belix va kafedra xodimlari) bilan hamkorlikda “Ilmiy-tadqiqot faoliyat” mavzusida vebinar oʻtkazildi.

  Vebinar davomida rossiyalik olimlar bilan hamkorlikda ilmiy ishlar muhokamasi, ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan axborot almashish, xalqaro taʼlim tizimidagi olib borilayotgan yangiliklar, patentlash va unda faol ishtirok etish, ilm-fan bilan muntazam ravishda shugʻullanish samaradorligini olib borishni taʼminlash hamda xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlariga doir hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminar-treninglar tashkil etish toʻgʻrisida kelishib olindi.

  Rossiyalik mutaxassislarda SamDTIda joriy qilingan va takomillashib borilayotgan kredit-modul tizimi katta qiziqish uygʻotdi va bu sohada yam tajriba almashish boʻyicha kelishib olindi.


SamDTI matbuot xizmati