20-yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyotimizga toʻsiq” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. Seminar treningda korrupsiyaning qanday illat ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi, institut hududida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishda har bir professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar masʼul ekanligi taʼkidlandi.
Tadbir soʻngida ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari va xodimlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi.
SamDTIMatbuot xizmati