Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalari – Bolalar xirurgiyasi Markazi talabalar ilmiy toʻgaragini faollari Samarqand shahar Bolalar uyida boʻldilar.
Mazkur muassasada istiqomat qiluvchi tarbiyalanuvchilarini deyarli barchasiga profilaktik koʻrik oʻtkazildi, ayrim kasalliklar topilib ularni davolash boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi. Tibbiy koʻrikdan soʻng talaba-yoshlar bolalar bilan suhbatlar oʻtkazdilar va ularga Yangi yil sovgʻalarini topshirdilar. Institut talabalarini tashrifi barcha bolajonlar uchun haqiqiy bayram tuhfasi boʻldi.
SamDTI matbuot xizmati