Sharafli kasb egalari – “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot instituti tibbiy pedagogika fakultetiga qarashli “Fuqaro muhofazasi” kafedrasi xodimlari bilan bayram uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda fakultet dekani Sobirjon Mamaradjabov kafedra xodimlarini institut maʼmuriyati nomidan bayram bilan qutlab, ularga yangi omadlar va zafarlar tiladi shuningdek esdalik sovgʻalarni topshirdi. Kafedra xodimlari bunday iliq munosabatdan mamnun boʻlganlarini aytib minnatdorchilik bildirdilar va institut rivojiga hissa qoʻshishga har doim tayyor ekanliklarini haqida sharaf bilan taʼkidladilar.
SamDTI matbuot xizmati