Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Talabalar akademik mobillik dasturlarida ishtirok boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot institutida xorijiy yetakchi oliygohlarida akademik mobillik dasturlari boʻyicha grant asosida oʻqishni davom ettirish istagida boʻlgan talabalar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

  Davra institut ilmiy kotibi Ulugʻbek Ochilov ochib berdi. Soʻngra, pediatriya fakulteti 5 kurs talabasi Yangiboev Ozodbek soʻzga chiqib, xorijiy oliygohlar tomonidan eʼlon qilinayotgan tanlovlarda ishtirok etish, grantlarni qanday yutib olish, kimlar grant sohibi boʻlishlari mumkinligi, oʻqish muddatlari, talab qilinadigan hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi. Ozodbek Yangiboev Slovakiyani “Milliy stipendiya dasturi” tanlovida ishtirok etib, yarim yillik grantni yutdi va Sloveniyani Ya.Komenskiy nomidagi Bratislava universitetida oʻqishini davom ettirish imkoniyatini qoʻlga kiritgan.

  Mazkur universitet “TOP-1000” universitetlar reytingiga kiradi. Mazkur grantni qoʻlga kiritgan talabalar institut maʼmuriyati tomonidan qoʻshimcha ravishda moddiy ragʻbatlantirilishi va qoʻllab-quvvatlanishi ham taʼkidlandi.
Suhbat davomida talabalar ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish boʻyicha qiziqtirgan boshqa bir qator savollariga javob olishdi.



SamDTI matbuot xizmat