Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi

  11-yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot institutida institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” boʻlimi xodimlari tomonidan odam anatomiyasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

  Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6257-son farmoni haqida gapirilib, bu farmonning mazmun mohiyati yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

  Shuningdek, ishtirokchilarda tugʻilgan turli savollarga tegishlicha javoblar berildi.



SamDTI Matuot xizmati