Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 7-yanvardagi xati ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand davlat tibbiyot institutida barcha rahbar va pedagog kadrlarini kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlandi.
Institut yangi binosini maʼruza zallarida boshlangan seminar-treningni birinchi kunida 700
Mashgʻulotlarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rahbar va pedagog kadrlarini kredit-modul tizimi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish boʻyicha malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan, trenerlik sertifikatiga ega boʻlgan malakali oʻqituvchilar olib bormoqdalar.
Seminar-treninglarda tinglovchilar oʻzlarining fikr-mulohazalari va savol-javoblari bilan faol qatnashmoqdalar.
SamDTI Matbuot xizmati