Samarqand davlat tibbiyot institutida tyutorlari uchun “Stop stress!” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. Seminardan koʻzlangan yana bir maqsad ayni damda taʼtilda boʻlgan talabalarning tyutorlar va institut bilan online muloqotini tashkil etish va kuchaytirishdan iborat boʻldi.
Seminar-treningda psixolog Dilorom Djurayeva tyutorlar bilan bir qator psixologik-amaliy mashqlarini bajardi, K.Shrayner usuli boʻyicha “Stress holatini diagnostikasi” psixodiagnostika testlari oldi. Shuningdek, treningda psixolog tomonidan turli maslahat va koʻnikmalar berilib tyutorlar bilan oʻzaro fikr almashinildi, endilikdagi vazifalar belgilab olindi.
Institut tyutorlari berilgan barcha savollariga malakali javoblarni oldilar.
SamDTI Matubot xizmati