Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institut kutubxonasi yangi adabiyotlar bilan boyitildi

  Samarqand davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs markazi kutubxonasi muntazam ravishda yangi oʻquv, ilmiy-tibbiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilib kelinmoqda.

  Toshkent tibbiyot akademiyasi nevrologiya kafedrasi professori Zarifboy Ibobullayev tomonidan chop etilgan “Asab kasalliklari” darsligi (Toshkent, 2021, 960 b.), TTA “Umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash va endokrinologiya kafedrasi” mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor, A.G.Gadayev “Amaliy elektrokardiografiya” (Toshkent, 2021, 372 b.) monografiyasi va “Gipertoniyani boshqarish mumkin va zarur! (rus tilida)” (Toshkent, 2021, 136 b.) UASh uchun amaliy-oʻquv qoʻllanmasi mualliflar tomonidan institut ARMga 10 ziyod nusxada taqdim qilindi.

  Mazkur adabiyotlar bilan institut ARM boʻlimlarida hamda veb-sayti va telegramm-kanalida tanishish mumkin.



SamDTI ARM